Andijon shahridagi metan-zapravkada Spark mashinasi portlab ketdi. Andijon viloyati FVB axborot xizmati hodisa yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa 5-sentabr kuni soat taxminan 11:15 da Andijon shahrining Andijon mahallasi hududida joylashgan AGTKShda sodir boʻlgan. Spark mashinasi gaz toʻldirish vaqtida portlab ketgan. 

Hodisa oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida barcha kuch va vositalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Portlash oqibatida yongʻin kelib chiqmagan.

Qoʻshimcha qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.