1–3 noyabr kunlari Özbekistonda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bölib ötadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lum qildi.

“Xalqaro haftalikdan közlangan asosiy maqsad – mamlakatda ziyorat turizmi salohiyatini yuzaga çiqariş, Özbekistonni jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida tanitiş, jahon hamjamiyati va xalqaro taşkilotlar tomonidan e’tirofga sazovor böliş, şuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qiliş va turizm eksportini oşirişdan iborat.

Turizm haftaligi Turizm va madaniy meros vazirligi taşabbusi bilan qator taşkilotlar hamkorligida ötkazilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, haftalik doirasida ziyorat turizmini rivojlantiriş, mavzuga oid suvenirlarni tarğib etişga qaratilgan körgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar ötkaziladi.

Haftalik dasturidan Samarqand şahridagi yangi “Ipak yöli” turistik markazining oçilişi, “Xiva – islom olami turizmi poytaxti” mavzusiga bağişlangan Xalqaro hunarmandçilik körgazmasi, “Jahon ustalari” yarmarkasi va boşqa tadbirlar örin olgan.