Senatning sammitga kelgan mehmonlarni ovqatlantiriş xarajatlari smetasiga köra, 8 sentabr kungi tuşlik va keçki ovqat uçun 608 mln 120 ming söm, 9 sentabr kungi kofe breyk va tuşlik uçun 448 mln 500 ming söm, umumiy 1 mlrd 56 mln 620 ming söm mablağ sarflangan.








Senatning Binolardan foydalaniş va xöjalik faoliyati boşqarmasi ovqatlantirişni taşkil etiş uçun töğridan töğri şartnoma orqali “Sky Evens” MÇJ bilan 1 056 620 000 sömlik şartnoma tuzgan.
Dabdabali dasturxondagi eng qimmat taom – har bir porsiyasi 550 ming sömdan tuşgan göştli assorti.
Qayd etiş zarur, yaqinda jurnalist Aziza Qurbonova özining Telegram-kanalida Uçtepa tumanidagi poliklinika şifokorlarining oyligi haqida rasm joylaştirgan.















