Toşkent şahrining Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov qölga olindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilişiça, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etiş maqsadida 400 ming AQŞ dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida uşlangan.
Qayd etilişiça, maxsus tadbir Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari tomonidan ötkazilgan. Yunusobod tumani hokimi uşbu pullar evaziga investorga yer maydoni taqdim etişni va'da qilgan.
Pora bilan uşlangan voqea iştirokçilari bir neça kişi ekani aytilmoqda.
Baxtiyor Abdusamatov 1976 yilda tuğilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (1996) hamda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini (2003) tamomlagan.
Turli yillarda Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining örinbosari hamda Tabiatni muhofaza qiliş böyiça davlat qömitasi raisi sifatida işlagan.
U 2017 yilning 11 aprel kunida prezident rahbarligida ötkazilgan videoselektor çoğida hayfsan olgan, bir hafta ötib, tuman hokimligiga tuşirilgandi.

















