Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mobil qullik» bekor qilinadi - Raqamli texnologiyalar vazirligi
O‘zbekistonda raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish imkoniyati yo‘lga qo‘yilishi yaqin orada e’lon qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda «mobil qullik»ka barham beriladi, ya’ni raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Vazirlik 24−27 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ICTWeek Uzbekistan 2023 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida «mobil qullik»ka barham berilishi haqida e’lon qiladi. Shuningdek, mobil operatorlar o‘rtasida raqamlarni uzatish tizimi (Mobile Number Portability, MNP) namoyish etiladi.
Qayd qilinishicha, «mobil qullik»ni bekor qilishning texnik asoslari o‘tgan yili tayyor bo‘lgan, ammo idora va kompaniyalar o‘rtasida kelishuv jarayoni tufayli kechiktirilgan.
Raqamlarni ko‘chirish xizmatini joriy etish prezident tomonidan 2018 yil may oyida tasdiqlangan 2018−2021 yillarda O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan edi. O‘sha yilning dekabr oyida Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (hozirgi Raqamli texnologiyalar vazirligi) mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom loyihasini muhokamaga kiritdi.
Boshqa operator bilan yangi shartnoma tuzishda raqamni saqlab qolish huquqi 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ham kiritilgan.
Mavzuga oid
20:48 / 18.12.2025
Konstitutsiyaviy sud faoliyati takomillashtiriladi, raqamli texnologiyalar joriy etiladi
10:01 / 12.12.2025
Axborot va raqamli texnologiyalar sohasida davlat nazorati tizimi yangilanadi
14:44 / 06.12.2025
2027 yilgacha raqamli texnologiyalar sohasida 200 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda
10:13 / 06.11.2025