Birodar Turkiya xalqiga zilzila oqibatlarini bartaraf etişda kömaklaşiş maqsadida, keça, 7 fevral kuni Özbekistondan ikkita samolyot Adana va Ğoziantep şaharlariga gumanitar yordam hamda qutqaruvçilar guruhini olib bordi. Etnik özbeklar köp yaşaydigan hududda qutqaruvçilar öz işini boşlab yubordi va yetib kelgan gumanitar yuk ehtiyojmandlarga yetkazib berilmoqda.
Turkiyaning janubiy viloyatlarida köplab özbeklar yaşaydigan mahalla va qişloqlar mavjud. Halokatli zilzila aynan ular istiqomat qiladigan hududlarga yaqin yerda sodir bölgan. 15 mingdan ortiq özbek yaşaydigan Hatay viloyatidagi Ovakent qişloği eng köp jabrlangan hududlardan biri. Turkiya rasmiylari bilan erişilgan kelişuvga muvofiq, Özbekistondan borgan 100 ga yaqin qutqaruvçilar hozirda aynan uşbu hududga yönaltirildi va qidiruv-qutqaruv işlarini olib bormoqda.

Adana şahrida joylaşgan özbeklar uyuşmasi rahbari Usmon Bek Özbekiston tomonidan körsatilgan yordam uçun minnatdorçilik bildirib, quyidagilarni qayd etdi: "Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va butun Özbekiston xalqiga katta rahmat! Qiyin kunimizda bizni yolğiz qöymadilar. Bizga gumanitar yordam va qutqaruvçilar guruhini jönatişdi. Qutqaruvçilar oğir ahvolga tuşib qolgan kişilarga yaqindan yordam körsatmoqda. Gumanitar yordam ham qisqa fursatlarda öz egalariga yetkaziladi".




















