Joriy yilning 22 dekabr kuniga ötar keçasi Olmaota - Toşkent - Termiz trassasida yölovçi avtobusi va bir neçta avtomobillar yölovçilari evakuatsiya qilindi.

«Kazavtojol» davlat korxonasi matbuot xizmati xabariga köra, ular ob-havo şaroiti yomonlaşgani tufayli harakatlanişni töxtatişga majbur bölişgan.

Şu bilan birga, yölovçi avtobusi yöldan çiqib ketgani aytilmoqda.

Yöldan foydalaniş böyiça uçastkalar xodimlari tomonidan yölovçi avtobusida bölgan 36 kişi va yengil avtomobillardan 44 kişi Turkiston viloyati Şakpak bobo qişloğiga evakuatsiya qilindi.

«Respublika ahamiyatidagi avtomobil yöllarida xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida, noqulay ob-havo şaroitida Aqtöbe, Şarqiy Qozoğiston, Jambil, Turkiston viloyatlarida vaqtinça çeklovlar joriy etildi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.