Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook Rossiya va Eron bilan bog‘liq sahifalarni o‘chirib tashladi
Foto: AFP
Amerikaning Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqda ishonchsiz ma'lumot tarqatishga qarshi kurash doirasida Rossiya va Eron bilan aloqador qator sahifalarni o‘chirib yubordi. Bu haqda kompaniya bayonotida aytiladi.
«Bugun Facebook va Instagram'dagi kelishilgan ishonchsiz harakatlar uchun bir nechta sahifalar, guruhlar va akkauntlarni o‘chirdik. Ushbu faoliyatning bir qismi Erondan kelmoqda, boshqa qismi - Rossiyadan», - deyiladi bayonotda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «eronliklar» va «ruslar» akkauntlari bir-biriga bog‘langan bo‘lmagan, biroq «boshqalarni ular kimligi va nima qilayotgani haqida aldash uchun hisob yozuvlari tarmoqlarini tashkil etib, shunday taktikadan foydalanishgan».
«Biz bunday xatti-harakatlarni taqiqlaymiz, chunki biz odamlar Facebook orqali topilgan tanishlariga ishonishlarini istaymiz», - deya tushuntirishgan kompaniyada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh eronlik ikki josus ushlangani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
01:58
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopilganini e’lon qildi
22:08 / 17.04.2026
Eron futbol klublari sulh fonida legionerlarni qaytara boshladi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
19:30 / 17.04.2026