Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taxtiqoracha dovoni qayta ochildi
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha (Kitob) dovoni qayta ochildi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xabar berdi.
«M-39 «Toshkent-Shahrisabz-Termiz» avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha (Kitob) dovonidan o‘tgan qismlarida 2020 yilning 4 yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyatlarining keskin pasaygani sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Bugun 2020 yil 5 yanvar kuni soat 8:30da M-39 «Toshkent-Shahrisabz-Termiz» avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha (Kitob) dovonidan o‘tgan qismlarida avtotransport harakati yo‘lga qo‘yildi», deyiladi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Bundan avvalroq «Toshkent—Shahrisabz—Termiz» avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha (Kitob) dovonidan o‘tgan qismlarida 4 yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyati keskin pasayganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026
“Boshim og‘riganda choy qilib ichib turardim” – Qashqadaryoda IIB xodimi uyidan marixuana topildi
09:48 / 02.05.2026