3 aprel kuni Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi Çölquvar qişloğida 53 yaşar X.Q. 28 mart kuni harbiy xizmatni ötab qaytgan öğlining 24 nafar sinfdoşini yiğib ziyofat uyuştirgani aniqlandi. Içki işlar vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, karantin tartibiga böysunmagan mazkur fuqaro Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

IIV axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika böyiça karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan boğliq 25057 ta holat aniqlangan. Ular:

  • Toşkent şahrida – 4 241 ta holat; 
  • Farğona viloyatida – 3 019 ta holat;
  • Toşkent viloyatida – 2 641 ta holat;
  • Samarqand viloyatida – 2 449 ta holat;
  • Qaşqadaryo viloyatida – 1 977 ta holat;
  • Namangan viloyatida – 1 727 ta holat;
  • Jizzax viloyatida – 1 503 ta holat;
  • Andijon viloyatida – 1 451 ta holat;
  • Sirdaryo viloyatida – 1 399 ta holat;
  • Surxondaryo viloyatida – 1 330 ta holat;
  • Buxoro viloyatida – 1 121 ta holat; 
  • Xorazm viloyatida – 1 040 ta holat;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasida - 867 ta holat;
  • Navoiy viloyatida – 292 ta holatni taşkil etmoqda.

“Karantin qoidalari va sanitariya çeklovlariga rioya qiliş yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borilişiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda. Misol uçun, 3 aprel kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yaşovçi 1984 y.t. Ş.X. karantin vaqtida, maxsus ruxsatnomasiz “VAZ-2109” avtomobilida fuqarolarni taşib, epidemiyaga qarşi kuraşiş koidasini buzgani, şuningdek, Samarqand şahrida yaşovçi 1970 y.t. I.B. maxsus ruxsatnomasiz avtomaşina boşqarib yurgani aniqlangan va har ikki huquqbuzar Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Bundan taşqari, şu kuni Buxoro viloyatining Jondor tumanida yaşovçi 1990 y.t. J.J. Qorovul qişloğidagi göşt dökonida sanitariya qoidalarini buzgan holda savdo qilayotgani aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 53-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan”, deya Şohrux Ğiyosovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.