Agar siz biror buyum xarid qilmoqçi bölsangiz uning sifati bilan birga işonarli, töğri qöldan olinayotgani ham muhim omil hisoblanadi. Xaridor sotib olişdan avval «mol» «toza»ligiga amin bölişi kerak. Biroq davlatdan sotib olingan mulkdan ertaga muammo çiqişini kim ham öylaydi, deysiz.
Farğona viloyati, Rişton tumanidan bölgan tadbirkor Soyibjon Buvojonov bilan tuşunarsiz holat röy bergan. U «E-IJRO AUKSION» Yagona savdo maydonçasida elektron onlayn-auksion orqali Rişton tumanida joylaşgan Farğona viloyat «Özagrokimyohimoya» XAJga qaraşli yer uçastkasini sotib oladi. U bu köçmas mulkni olib katta işlarni boşlaş niyatida edi. Lekin, qani endi hammasi u öylagandek bölsa?
Video: Youtube
«2018 yil 23 oktyabrda bu mulkni auksionda 279 million sömga sotib olgandim. Bu pulni davlat ğaznasiga 5 iş kunida töladim. Söng kadastr hujjatlarini qildim, guvohnoma va yerga qarorlarni oldim. Prezidentimiz ta'kidlaganidek iş örinlari yaratmoqçi edim. Minib turgan Hyundai rusumli kombaynim bor edi. Pulni öşa kombaynimni sotib, odamlardan qarz olib, qiynalib töladim. Keyin esa «Özagrokimyohimoya» sudga berib binosini qaytarib oldi. Bino 4 marta sotuvga qöyilgan ekan. Men beşinçi marta qöyilgan vaqtda sotib olganman. Birinçi marta onlayn auksionga qöyganida 430 million sömga baholaşgan. Heç kim kirib öynamagandan keyin narxi tuşib 280 million sömga olganman. Binoga esa kira olmadim. Fuqarolik işlari böyiça Rişton tumanlararo sudi auksion hujjatlarini bekor qilib yubordi. Advokat yolladim. Keyin Farğona viloyat prokuraturasiga ariza berdim. Viloyat prokuraturasi sudning hal qiluv qarorini bekor qiliş böyiça protest kiritdi. Biroq, viloyat fuqarolik sudi buni inobatga olmadi.

Hozir qayoqqa borişni bilmasdan sarsonman. Oradan 9 oy vaqt ötib ketdi. 279 million söm pulimga tadbirkorlik qilganimda yaxşigina daromad topgan bölar edim. Şundan beri oilamda ham, özimda ham halovat yöq. Men davlatdan joy olyapman, deb işongandim. Endi na pulimni, na binoni ololyapman, örtada sarsonman. Binoni olganimda öquv markazlari, xususiy maktablar oçmoqçi edim. Riştonimiz buzilib ketdi. Şu sababli, quriliş dökoni ham qilmoqçi edim. Rejalarim köp edi. Lekin, şu bino va şu auksion sabab oyoğimga bolta urildi», deydi tadbirkor.





















