Ajratiladigan mablağning asosiy qismi Surxondaryo va Farğona viloyatlari aholisini toza içimlik suvi bilan ta’minlaş maqsadiga yönaltiriladi.
Xususan, 126 mln yevro Qöqon va Marğilon şaharlarining içimlik suvi va oqova suv tizimlarini rivojlantiriş, 34 mln yevro Termiz şahri oqova suv tizimini yaxşilaş, 30 mln yevro Surxondaryo viloyatining tuman markazlarida oqova suv tizimini quriş uçun yönaltiriladi. Şuningdek, KfW bankining Özbekistondagi loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun 10 mln yevro yönaltiriladi.
Bu borada nemis banki bilan anglaşuv memorandumi, yöl xaritasi va grant bitimi imzolandi.
Sohib Saifnazarovning sözlariga köra, Özbekistonda ayni paytda aholining markazlaşgan suv bilan ta’minlanganlik darajasi 75 foiz. 2026 yilga kelib, bu körsatkiçni 90 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.
Respublikadagi markazlaşgan oqava suv ta’minoti esa 20 foizdan oşmaydi. Taşrif doirasida, “Aqua Sonsult Ingeniyeur GmbH” kompaniyasi bilan “Samarqand viloyatining 6 ta tuman markazlari va şaharçalarida oqova suv tizimlarini quriş” loyihasini hamkorlikda amalga oşirişni közda tutuvçi anglaşuv memorandumiga imzo çekildi.
Bundan taşqari, “German Vater Partnership” kompaniyasi bilan özaro hamkorlikni rivojlantirişga yönaltirilgan anglaşuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumga köra, sohada joriy etilgan suvni va elektr energiyasini tejovçi yangi innovatsion texnologiyalar asosida boşqaruv samaradoriligini oşiriş, suv yöqotişlarni hamda elektr energiya xarajatini kamida 3-4 barobar kamaytirişga erişilişi kutilmoqda.
Şuningdek, Atrof-muhit federal agentligi (UBA) bilan hamkorlikda soha mutaxassislarini tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça har yili Germaniyada örta muddatli ta’lim oliş kurslari va amaliyot ötaşi böyiça kelişuvga erişildi.
Eslatib ötamiz, KfW banki Özbekistonda soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş uçun 45 mln yevro kredit va 5,5 mln yevro grant ham ajratmoqda.
















