Jasur Umirov bezoriligi uchun sud qilindi va 15 sutkaga qamaldi

Foto: VK
O‘zbekistonlik qo‘shiqchi Jasur Umirov o‘z tanishiga tahdid qilgani uchun sud qilindi va unga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi belgilandi.
Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, Jasur Umirov 2018 yilning 18 noyabr kuni tungi soat 03:00larda mast holatda H.Q.ning xonadoniga o‘zining «Captiva» rusumli avtomashinasida (davlat raqami 01 P 288 AB) borgan. Shaxsiy adovati bo‘lgani bois uning darvozasiga bir necha marta avtomashinasining oldi qismi bilan urgan. Darvozaga shikast yetkazgan, jabrlanuvchini haqoratlagan va qo‘lidagi pichoq bilan qo‘rqitgan.
«24 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tuman ma'muriy sudi tomonidan 1986 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan Jasur Umirovga nisbatan ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi, mayda bezorilik, ya'ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik moddasi doirasida sud ishi ko‘rib chiqildi», deyiladi manba ma'lumotida.
Sudda Jasur Umirov aybiga to‘liq iqror bo‘lgan - rostdan ham o‘zi bilan olib yuradigan pichog‘i bilan tanishini qo‘rqitib haqoratlaganini tan olgan. Sabab sifatida o‘zi yoqtirgan «Sh» ismli qizni unga turmushga berishmayotganini ko‘rsatgan. Lekin qilgan ishidan afsusdaligini bildirib, suddan yengillik so‘ragan.
Sud estrada yulduzi Jasur Umirovni MJtKning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi. Unga 15 (o‘n besh) sutkalik ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Joriy yilning 26 aprel sanasida Toshkent shahar ma'muriy sudi tomonidan keyingi bosqich sudida uning ishi ko‘rib chiqildi va qaror o‘zgarishsiz qoldirildi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Ukraina Volgograddagi harbiy aerodromga hujum qildi. Ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingani aytilmoqda
Jahon | 23:31 / 27.06.2025
-
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi
Jamiyat | 23:04 / 27.06.2025
-
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi, aka 3 yoshli ukasini sotuvga qo‘ydi, Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» bilan taqdirlandi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:53 / 27.06.2025
Mavzuga oid

16:59 / 23.06.2025
“Yasalgan” jinoyat: Navoiyda ikki qiz IIB “rezultati” uchun qamoqqa tiqildi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

10:23 / 10.06.2025