23 yoşli Özbekiston fuqarosi Ş. Tojiboyev Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnaşayotgan vaqtida halok böldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd qilinişiça, yigit Rossiyaga işlaş uçun borib, kafe oçgan, maşina olişga muvaffaq bölgan. Rossiya-Ukraina çegarasiga odam olib ketayotganda maşinasidan geroin bilan qölga tuşgan. Şundan söng, Ş.Tojiboyev Rossiyada qamalgan. Jazo muddatini ötayotgan paytida Ukrainada olib borilayotgan uruş uçun «safarbar qilingan». U yerda halok bölib, jasadi Özbekistonga yuborilgan.

Marhumning onasi uni armiyada xizmat qilmagani, qurol uşlaşni bilmasligini aytib kuyundi.

«Men heç qanday xizmat qilmayman, odam öldirmayman, onajonim, men bormayman, desam ham majburlaşdi», deb öğlining sözlarini keltirdi ona.

Ayol öğlining jasadi Özbekistonga keltirilganini tasdiqladi.

«Heç kimga bu kunni ravo körmayman. Farzandlaringizni ehtiyot qilinglar, işlagani ketyapti demanglar, tuhmat qilişarkan», deb murojaat qildi u boşqa ota-onalarga qarata. 

Ukrainada uruş boşlangaç Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi qamoq jazosiga mahkum qilinganlar orasidan jangçi yollaşni boşlagani haqida avvalroq köplab xabarlar tarqalgan edi. Ular mahkumlarga 6 oy uruş zonasida «xizmat» qilganidan keyin aybi yuvilişini, afv qilinişini va ozodlikka çiqişini va’da qilişgan. Yollanganlar orasida nafaqat rossiyaliklar, balki xorijliklar ham borligi aytilgan edi. 

Özbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga köra, moddiy manfaatdorlikni yoki boşqa biron şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududidagi qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollaniş 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. 

Jinoyat kodeksining 154−1-moddasiga köra, Özbekiston fuqarosining çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kirişi bazaviy hisoblaş miqdorining 300 baravarigaça miqdorda jarima yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.