31 dekabrdan 1 yanvarga ötar keçasi Qamçiq dovonida suv xöjaligi vaziri örinbosarining oila a'zolari bölgan avtomobil halokatga uçradi. Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, YTH oqibatida vazir örinbosarining rafiqasi va 3 yoşli qizi vafot etgan, amaldorning özi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.
YTHning bevosita guvohlari tahririyatga yöllagan suratlarda «Chevrolet Gentra» rusumli avtomobil çuqurlikka qulagani aks etgan.
2 yanvar kuni Toşkent şahrida dafn marosimi ötkazilgan.
Namangan viloyat IIB axborot xizmati YTH tafsilotlari böyiça axborot bergan.
«2020 yil 31 dekabr kuni soat 23:00 larda, A-373 Toşkent – Öş yölining Pop tumani «Qöşminor» MFY hududidan ötuvçi 258-kilometrida Toşkent – Qöqon yönalişi böyiça “Chevrolet Gentra” rusumli avtomaşinasini boşqarib kelayotgan, Qöqon şahrida yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan fuqaro özidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Toşkent şahrida yaşovçi, 1979 yilda tuğilgan fuqaro boşqaruvidagi “Chevrolet Gentra” avtomaşinasining orqa çap tomon qismiga urilib ketgan.
Natijada, oldindagi “Chevrolet Gentra” rusumli avtomaşinasi yöl çetiga çiqib ketib, qiyalikka ağdarilib ketgan. Haydovçining avtomaşina salonida bölgan 1986 yilda tuğilgan turmuş örtoği va 2017 yilda tuğilgan qizi olgan tan jarohati oqibatida şifoxonada vafot etgan.
Uşbu holat böyiça Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan», deyiladi xabarda.
UPD: Suv xöjaligi vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga hodisa böyiça qöşimça ma'lumot berdi. Ma'lum bölişiça, YTHga uçragan vazir örinbosari Vohid Ahmadjonov bölgan, u şaxsiy avtomobilida harakatlangan va oilasi bilan yangi yil bayramini nişonlaş uçun vodiyga ketayotgandi.













