Mamlakat ayrim hududlarida, xususan, Toşkent şahrida eng sovuq keçalarda havo harorati körsatkiçlari nafaqat 2008 yildagidan past, balki sönggi yarim asrdagi eng past körsatkiç böldi.
“Özgidromet” ma’lumotiga köra, Toşkent, Jizzax viloyatlari va respublika janubidagi ayrim stansiyalar kuzatuvi natijalariga köra, joriy yil yanvar oyida meteorologik kuzatuvlar barça yillari uçun minimal havo harorati mutlaq rekordlari qayd etildi.
Yanvar oyi oxirgi kunlarida sovuq asta-sekin çekindi. Uşbu tendensiya fevral oyi boşida ham saqlanib turadi. Respublika hududiga Örta Yer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo kirib keladi.
Fevral oyi birinçi ön kunligida harorat asosan keçalari 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqqaça, ba’zi joylarda 10-12 daraja iliqqaça, şimolda keçalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida böladi.
Ön kunlik nisbatan yoğingarçilikka boy böladi. Respublika barça hududlari böyiça vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, ba’zi joylarda qorga aylanadi.
Keyinçalik, fevral oyi oxirigaça harorat keçalari 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 2-7 daraja iliqdan 12-17 daraja iliqqaça özgarib turişi kutilmoqda.
Ayrim kunlarda respublika böyiça ba’zi joylarda qor va yomğir körinişidagi yoğingarçilik böladi.

















