Pulli tonirovka – adolatsizlikmi yoki mantiqsizlik?
|00:10 / 17.07.201989 37013 min
Yurtimizda havo harorati keskin kötarilib ketişi transport vositalari haydovçilarining harakat vaqtida quyoş nuridan himoyalanişga bölgan zarurati va ehtiyojini har doimgidan-da köproq oşirdi. Amaldagi qonunçilikka muvofiq avtomaşina oynasini qoraytiriş uçun belgilangan çeklov ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari örtasida faol muhokamalarga, aksariyat holatlarda jiddiy noroziliklarga sabab bölmoqda. Dolzarb mavzuga aylangan uşbu masala böyiça ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikr va mulohazalar Kun.uz tahririyati tomonidan tahlil qilindi.
Ma'lumki, hukumatning 2018 yil 18 iyuldagi «Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq 2018 yil 1 avgustdan boşlab, jismoniy va yuridik şaxslarga tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanişga ruxsat berildi.
Tölov esa 1 yil muddatga:
jismoniy şaxslar uçun — eng kam oylik iş haqining 90 baravari (18 245 700 söm);
yuridik şaxslar uçun — eng kam oylik iş haqining 120 baravari (24 327 600 söm);
Özbekiston Respublikasida faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik şaxslari uçun — eng kam oylik iş haqining 140 baravari (28 382 200 söm) miqdorida belgilandi.
Qarorni öqiy turib, uni qabul qilişdan közlangan asosiy ikki maqsadni köriş mumkin.
Bular:
transport vositalari haydovçilari uçun qulay şaroitlar yaratiş;
respublika hududiga taşrif buyuradigan turistlar uçun qulay şaroitlar yaratiş.
Bejizga tonirovka uçun ruxsat berişning maqsadidan söz oçmadik. E'tibor bergan bölsangiz, gap «transport vositalari haydovçilari» va «respublika hududiga taşrif buyuradigan turistlar»ga qulaylik yaratiş haqida ketmoqda. Masalaning şu yerida qarordan közlangan maqsad ruxsatnoma beriş uçun belgilangan miqdor bilan muvofiq kelmay qoladi.
Çunki, Özbekiston şaroitida hamma haydovçilar ham bir yil oynasi qoraytirilgan maşinada yuriş uçun 2000 AQŞ dollaridan ortiq mablağni sarflab yuborişga qodir emas.
Mavzuga oid
Turistlar masalasiga töxtaladigan bölsak, tonirovkaga ruxsat berilişining aynan qaysi jihati amalda turistlar uçun şaroitlarni yaxşilaşi biroz mavhum bölib qolmoqda.
Endi qarorda közda tutilgan (yozilgan) maqsadlarni bir çetga surib qöyib, xolis fikr yuritib köramiz.
Ma'lumki, Özbekistonning iqlim şaroiti birmunça issiq va yilning yarmidan köp qismi quyoşli kunlarga töğri keladi. Şuni hisobga oladigan bölsak, qoraytirilgan oyna köproq quyoş nuridan himoyalaniş uçun, ya'ni tabiiy ehtiyoj uçun kerak. Oddiy hayotda quyoş nuridan himoyalanişning qator usullarini sanaş mumkin: közoynak, soyabon, boş kiyim (şlyapa, kepka) va h.k. Bularning hammasi tabiiy hodisalardan himoyalaniş hisoblanadi va bularning xeç biriga taqiq yoki çeklov belgilanmagan. Bunday şakldagi ehtiyojni qondiriş biror-bir tarzda çeklanişi yoki sotilişi ham.
Avtomaşina şaxsiy yoki biror korxona mulki bölişi mumkin. Undagi oynalar tusini özgartiriş (qoraytiriş) oddiy bezak emas. Bu örinda gap avtotransport vositasi içidagi inson salomatligi haqida ketmoqda. Salomatlikni tabiiy yöl bilan saqlaganlik uçun jarima undirilişi yoki uni sotib olişni taklif qiliş qançalik mantiqqa töğri keladi?
Vaholanki, amaldagi qonun hujjatlarida şunday normalar belgilanganki, unga köra şaxs öz xavfsizligi ta'minlamagani uçun jarimaga tortiladi. Masalan, xavfsizlik kamari.
Bundan taşqari, şu vaqtga qadar biror rasmiy manbada tonirovkaning jamiyat uçun xavfli yoki xavfsizligi e'tirof etilmagan. Bordi-yu tonirovka jamiyat uçun xatarli, jinoyatçilik köpayib ketişiga sabab böladi deyilsa (bahona qilinsa), unda umuman ruxsat bermaslik kerak edi. Uşbu sababni örinli hisoblagan holda mantiqni işga soladigan bölsak, tonirovkaga imkoniyati bölgan aholi qatlami uçun pul evaziga jinoyat sodir etişga şaroit yaratib berilayotgan bölib qolmaydimi?
Barçaga ma'lumki, şu kunlarda yer şarining katta qismi, jumladan Özbekiston hududida ham anomal issiqlik hukm surmoqda. Bu esa kunning asosiy qismi köçada ötuvçi hamyurtlarimiz, ayniqsa haydovçilar va yölovçilar uçun avtotransport vositalarida harakatlanişda katta qiyinçiliklar tuğdirmoqda.
Tibbiyot sohasi vakillarining ta'kidlaşiça, quyoşdan tarqalayotgan ultrabinafşa nur ta'sirida terida uzluksiz oksidlaniş-qaytariliş reaksiyasi keçar ekan.Quyoş issiqligining boşga ta'siri natijasida boş miya faoliyati buzilişiga olib keladi, natijada organizmda ter işlab çiqariş tizimi buzilişidan taşqari qon aylaniş faoliyati izdan çiqadi. Tomirlar kengayib ketadi va butun tanada qon aylanişi sekinlaşib, boş miya faoliyatida salbiy özgarişlarga olib keladi. Qoraytirilgan oynali avtomobilda harakatlaniş bu kabi kasalliklarga çalinişning oldini olişga xizmat qilişi ta'kidlangan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan biri plyonka tortilgan oynaning foydali jihatlaridan yana biri sifatida oynaning zarbga nisbatan çidamliligi ortişi va yöl transport hodisasi vaqtida parçalanib inson tanasiga saçraşining oldini olişini keltirib ötgan.
Boşqa bir foydalanuvçi öz fikrida qoraytirilgan oyna maşina içida qoldirib ketilgan buyumlar öğirlanişi oldini olişga xizmat qilişi haqida yozadi.
Mutaxassislarning fikriga köra, qoraytirilgan oyna quyoş nuridan asraşi natijasida avtomaşina salonida nisbatan salqin ob-havo hukm suradi va bu jaziramada konditsionerning sovitiş faolligini oşirib, yoqilğini tejaşga olib keladi.
Özbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartirişga va undan erkin foydalanişga taqiq qöyilişi ortida ham qator ziddiyatli bahs va munozaralar yuradi.
Jumladan, YHX xodimlarining uşbu mavzudagi savollarga bergan javoblarini bir eslaylik: «Biz qayerdan bilamiz, avtomaşinada kim ketyapti, u nima qilyapti?». Buni asoslab bölmaydigan hamda har tomonlama qöşiliş mumkin bölmagan, şu bilan birga kulgili va ğoyatda mantiqsiz fikr deyiş mumkin. Çunki, bu fikr bilan iş tutilsa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari körib turişlari uçun şaxs turar joyidagi pardalarni olib taşlaşi lozim (biroz kulgili, şunday emasmi). Axir har kuni xonadonlarda, yopiq inşootlarda qançadan qança janjal, öğrilik va boşqa jinoyatlar sodir etiladi. Bu körsatkiç qora oynali maşina içida sodir etiladigan jinoyatlardan bir neça ming marta köproqni taşkil qiladi.
Qolaversa, jinoyatçilik va uning ahvoli xususida tahlil yurituvçi içki işlar yoki prokuratura organlari tomonidan şu kungaça biror marta ham respublikada qoraytirilgan oynali avtotransport vositalari bilan boğliq holda sodir etilgan jinoyatlar statistikasi yuritilmagan. Va umuman, qoraytirilgan oynali maşinalar aynan qaysi turdagi jinoyatlar oşişiga sabab böladi: odam öldirişmi, odam savdosi yoki öğrilik jinoyatimi, bu kabi savollarga ham aniq javoblar mavjud emas.
Oynasi qoraytirilgan maşina içida jinoyat sodir etilsa uni aniqlaşning (yoki şaxsni tanib olişning) imkoni bölmay qolişi haqidagi farazni furgon şaklidagi maşinalar-çi, unça-munça rentgan moslamasi ham köra olmaydigan usti yopiq yuk maşinalari-çi, kabi savollar bilan yöqqa çiqariş mumkin.
Mantiqni işlatib, fikr yuritib körilsa, qoraytirilgan oynali maşinada tanib olişning imkoniyati çeklanişiga xavf sifatida qaralişi piyoda yurgan fuqaroning köziga közoynak taqib, boşiga boş kiyim kiyib, soqol qöyib olişiga, yoki bölmasam şarf öragan xonimlarga şunday xavf nuqtai nazari bilan qaraş kerakligini anglatmaydimi? Qolaversa, jinoyat sodir etiş uçun eng qulay joy oynasi qoraytirilgan avtomaşinaning içi emasligi bu sababni yöqqa çiqaruvçi omillardan biridir.
Guvohi bölganingizdek, tonirovka ruxsat etilmasligining arzirli bir sababi yöq. Şunçaki, taqiqlab qöyilgan, tamom.
Ma'lumki, tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanişga ruxsat beriş töğrisidagi taklif Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan ilgari surilgan. Tonirovkaga pullik asosda ruxsat beriş taşabbusini Moliya vazirligi ilgari suryaptimi, demak anglaşimiz lozimki, bundan közlangan maqsad davlat ğaznasi sari yangi «irmoq» oçiş, deyiş mumkin.
Qaror qabul qilindi-yu, hammada bir xil savol paydo böldi: «Nega bunça qimmat?». Darhaqiqat, tusi özgartirilgan oynali avtotransport vositalaridan foydalaniş uçun ruxsatnoma oliş böyiça Özbekiston Respublikasida örnatilgan narxni boşqa heç bir davlatda uçratmaysiz, bir yillik ruxsatnoma uçun 2000 AQŞ dollari(!!!)dan köproq mablağ talab etiladi.
Jahon tajribasidan kelib çiqib aytiş şuni mumkinki, avtotransport vositasi oynasini qoraytirişga ruxsatnoma oliş uçun eng qimmat tölov miqdori Özbekistonda belgilangan.
Vaholanki, Davlat statistika qömitasi taqdim etgan ma'lumotga köra, 2018 yilda Özbekiston Respublikasida örtaça oylik iş haqi miqdori 1 mln. 684 ming sömni (200 AQŞ dollari) taşkil etgan. Bu degani örtaça oylik iş haqi olib işlovçi fuqaro qoraytirilgan oynali maşinada yurişi uçun 11 oy yemay-içmay işlaşi va pul töplaşi lozim. Öz-özidan ma'lum böladiki, hukumatning bu qarori oddiy «transport vositalari haydovçilari» uçun emas.
Masalan, qöşni Tojikistonda tonirovkaning bir yil uçun narxi köpi bilan 4730 somoni (taxminan 500 AQŞ dollar), Rossiya Federatsiyasida esa 3500 rublni (taxminan 55 AQŞ dollari) taşkil qilar ekan. Yana bir qöşni davlat Qirğizistonda ham pullik tonirovkaga ruxsat beriş va uning narxini 450-500 AQŞ dollari miqdorida belgilaş taklifi ilgari surilgan.
Hattoki, Amerikadek rivojlangan davlatning ayrim ştatlarida har bir avtotransport vositasi uçun oynalarini qoraytiriş majburiy etib belgilangan.
Xorijiy amaliyotni örganib bir xulosaga keliş mumkin: avtomaşina oynasini qoraytirişdan maqsad quyoş nuridan saqlaniş va salon içidagi haroratni biroz bölsa-da salqin uşlaşga qaratilgan.
Barçaga ma'lumki, şu kunlarda yer şarining katta qismi, jumladan Özbekiston hududida ham anomal issiqlik hukm surmoqda. Bu esa kunning asosiy qismi köçada ötuvçi hamyurtlarimiz, ayniqsa haydovçilar va yölovçilar uçun avtotransport vositalarida harakatlanişda katta qiyinçiliklar tuğdirmoqda.
Hukumatning biz yuqorida tilga olgan qarori qaysidir ma'noda tonirovkalangan maşinalardan foydalanişni erkinlaştiriş uçun qadam böldi, desak adaşmagan bölamiz. Zero, bu birinçi qadam bölib, kelgusida bu masalada yanada adolatli, fuqarolar uçun teng imkoniyatlar yaratuvçi yangi qarorlar qabul qilinişiga işora bölgan bölsa ajab emas.
Tonirovkaga ruxsatnoma oliş uçun qança miqdorda davlat boji tölanişi va uning miqdori naqadar balandligi hamda unga hammaning ham imkoniyat yöqligi haqida yuqorida yozdik. Endi tahlil qilib körsak. Norasmiy manbalardan olingan ma'lumotlarga köra, 2018 yil 1 avgustidan buyon respublika böyiça 1500taga yaqin avtomaşina egalari eng kam iş haqining 90 barobari miqdorida boj tölab, bir yil davomida oynasi qoraytirilgan maşinada yuriş uçun ruxsat olişgan. Bu degani respublika budjetiga aynan şu yönalişdan 27 mlrd. sömdan oşiqroq (qariyb 3 mln. AQŞ dollari) mablağ kelib tuşgan.
Davlat statistika qömitasi bergan ma'lumotga köra, 2017 yilda respublikadagi har 100ta uy xöjaligining 44tasi (44 foiz) yengil avtomobillar bilan ta'minlangan. Bu esa respublika aholisi foydalanuvida örtaça 2,5 million donadan ortiq avtotransport vositasi borligini anglatadi.
Aytaylik, oyiga eng kam oylik iş haqining bir baravari miqdorida belgilansa va respublikada jami mavjud avtotransport vositalarining yuz mingtasi bundan foydalansa davlat budjetiga qança tuşum bölişi mumkinligini hisoblab köramiz:
100 000 x 202730= 20 273 000 000 (yigirma milliard ikki yuz yetmiş uç million) söm;
12x 20 273 000 000= 243 276 000 000 (ikki yuz qirq uç milliard ikki yuz yetmiş olti million) söm. Bu sal kam 30 mln. AQŞ dollari degani. Agar maşinasining oynasini qoraytiruvçilar soni bundan-da köp bölsa, davlat budjetiga tuşum ham şunga yaraşa ortib boraveradi. Eng muhimi, bir yillik ruxsatnomaning bahosi qimmat bölmasa haydovçi bundan foydalanadi va şu yöl bilan tuşum uzluksizligi ta'minlanadi.