Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlarni deportatsiya qilish o‘rniga jarimaga tortishlari mumkin
RF Davlat dumasining davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan o‘zgartirishlar shunday chorani nazarda tutadi.
Foto: Mixail Tereshchenko / TASS
Rossiya Davlat Dumasining davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborish ko‘rinishidagi jazoni ijro etishning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha qonunga o‘zgartirishlarni ma’qulladi, deb xabar bermoqda Interfax.
Bu o‘zgartirishlarga ko‘ra, sudya qonunlarga itoatkor, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab borgan, muayyan yashash joyi bo‘lgan chet el fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborishni jarimaga almashtirishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, jiddiy qonunbuzarlik qilmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni oilaviy ahvoli, RFda yashagan davri, faoliyat turiga, shuningdek, chiqarib yuborilganda uni qabul qilishi mumkin bo‘lgan davlatlar yo‘qligiga qarab jarima qo‘llashi mumkin.
Qoidabuzar chet elliklar 40 mingdan 50 ming rublgacha jarimaga tortilishi yoki, 150 soatdan 200 soatgacha majburiy ishlarga jalb qilinishi mumkin
Faqat qator holatlar, jumladan, pedofiliyani propaganda qilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan, ilgari deportatsiyadan bo‘yin tovlagan xorijliklarga yangi qoidalar taalluqli bo‘lmaydi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra ko‘ra, sudya majburiy tartibda deportatsiya qilish yoki xorijlikning o‘z ixtiyori bilan RFni tark etishi borasida ma’muriy jazo qo‘llash xususida qaror chiqarishda yuqorida tilga olingan holatlarni hisobga oladi.
Qizig‘i, bu qonun loyihasi 2017 yildayoq birinchi o‘qishga qabul qilingan. Oradan qarib 7 yil o‘tib, yana muhokama qilinmoqda.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025