Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta Chirchiqda ichida o‘quvchilar bo‘lgan avtobus YTHga uchrab, yonib ketdi. Ular Buxorodan qaytayotgan bo‘lgan
2019 yil 29 aprel kuni soat 02:00larda O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R20 avtomobil yo‘lining 6-km.da Buxoro shahridan ziyoratdan qaytayotgan, salonida 53 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan «Mersedes» rusumli avtobusning baloni yorilib ketgan.
FVV xabariga ko‘ra, avtobus boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilib yonboshlagan va yonishni boshlagan, yo‘lovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Barcha yo‘lovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, 7 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati bilan 2 nafari O‘rta Chirchiq tumani shifoxonasiga 5 nafari O‘zbekiston Respublikasi tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.
Ushbu avtobusda Toshkent viloyati Parkent tumani 31-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 37 nafar o‘quvchisi, 3 nafar o‘qituvchisi, 10 nafar ota-onalar hamda 3 nafar haydovchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:30 / 08.02.2026
Nyu Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
16:19 / 07.02.2026
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
20:30 / 04.02.2026
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
19:53 / 02.02.2026