Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 sentabrda maktabgaça ta'lim tizimini boşqarişni takomillaştiriş haqidagi farmonni imzoladi. Hujjatga köra Maktabgaça ta'lim vazirligini taşkil etiş közda tutilgan.
Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpoğiston maktabgaça ta'lim vazirligi, Toşkent şahri maktabgaça ta'lim boş boşqarmasi, viloyatlarning maktabgaça ta'lim boşqarmalari va ularning şahar va tumanlardagi bölimlari kiradi.
Farmonda aytilişiça, oxirgi 20 yil içida maktabgaça ta'lim muassasalari (MTM) soni 45 foizdan köproqqa qisqarib ketgan, bolalarning maktabgaça ta'lim muassasalari tomondan qamrab olinişi 30 foizga yaqinni taşkil etadi.
Yangi vazirlikning asosiy vazifalari içida Özbekistonda özaro raqobatlaşuvçi davlat va nodavlat MOMlari tarmoğini yaratiş hisobiga bolalarning maktabgaça ta'lim bilan töliq qamrab olinişini bosqiçma-bosqiç ta'minlaş hamda maktabgaça ta'lim va bolalarni tarbiyalaşning muqobil şakllarini amaliyotga tatbiq qiliş hisoblanadi.
Şu munosabat bilan maktabgaça ta'lim rahbarlari va pedagogik xodimlarini zamonaviy texnologiyalar va metodlar negizida qayta tayyorlaş va "bolalarni tarbiyalaş böyiça munosib şaroitlar"ni yaratiş rejalaştirilgan.













