Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB boshlig‘i Toshkent shahrida necha ming kuzatuv kamerasi borligiga oydinlik kiritdi
Foto: KUN.UZ
Toshkent shahridagi kuzatuv kameralari yordamida jami sodir etilgan jinoyatlarning 30 foizi fosh etilmoqda. Shu bois, kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari davom ettiriladi. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev 10 mart kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda shu haqda ma'lum qildi.
“Jinoyat-qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha 787ta sodir etilgan jinoyatning 706ta ochilgan bo‘lsa, shundan 216tasi jinoyat videokameralar vositasida fosh etilgan. Bu 30 foizni tashkil etadi. Toshkent shahrida bugungi kunda 140 mingdan ortiq videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Bu yo‘nalishdagi ishlar hali davom etmoqda. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, buning foydasi katta, deyish mumkin. Birgina Moskva shahrida 200 mingdan ortiq kameralar o‘rnatilgan. U yerdagi jinoyatlarning 70 foizi videokuzatuv kameralari vositasida fosh etilgan. Shunga binoan, Toshkent shahrida ham kameralar o‘rnatilishi davom ettiriladi”, - dedi Rustam Jo‘rayev.
Mavzuga oid
21:30 / 01.06.2026
Sergeli avtomobil bozori buzilmaydi - Toshkent shahar hokimligi
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
18:51 / 29.05.2026
Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?
17:54 / 29.05.2026