Foto: Toşkent şahar IIBB

Qayd etilişiça, sönggi paytlarda Toşkent şahar IIBBga özgalar plastik kartalaridan pul mablağlarini özlaştirişning yangi firibgarlik yöllari haqidagi murojaatlar kelib tuşişi köpayib bormoqda.

Noma’lum şaxslar özi tanlagan ma’lum bir guruh a’zolariga guruh ma’murlari nomidan tasodifiy tarzda aniqlanadigan “aksiyada” ğolib bölgani haqida xabar yubormoqda. Şundan söng, ular pul mukofotini ğolib bölgan foydalanuvçi plastik kartasiga ötkazişga tayyor ekaniga işontirib, buning uçun havolaga amal qilişni söraydi.

Bildirilişiça, bunday havolalar esa Özbekistonda ma’lum bölgan tölov tizimlari saytlariga olib boruvçi havolalarga öxşaşligi sababli, köpçilik fuqarolarning e’tiborsizligi va yanglişib qolişi oqibatida salbiy holatlarga olib kelmoqda.

Toşkent şahar IIBB internet foydalanuvçilarini huşyor hamda e’tiborli bölişga, turli xil lotereyalardagi “tasodifiy” yutuqlarga işonmaslikka, şubhali havolalarga kirmaslikka va plastik kartalari ma’lumotlarini kiritmaslikka çaqirgan. 

“Ayniqsa, kartangizning amal qiliş muddatini körsatiş va SMS orqali kelgan “tasdiqlaş kodi”ni yuboriş haqidagi sörov şubha uyğotiş uçun asos böladi.

Agar, hozirda sizning plastik kartangizda pul mablağlari bölmasa ham, maxfiy ma’lumotlarni kiritiş firibgarlar uçun kelajakda sizning kartangizdan ğaraz niyatlarda foydalanib, hisobingizdagi barça pullaringizni yeçib oliş imkonini beradi.

Iltimos, internet tarmoği orqali sizga kelayotgan har qanday xabarlardan ogoh böling”, deyiladi rasmiy xabarda.