Özbekistonda tabiiy gazni yoqilği quyiş şoxobçalariga yetkazib berişdagi öğriliklarga qarşi kuraşiş uçun yangi mexanizm işga tuşadi.

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga köra, bunda AGTKSlarga gaz hajmining onlayn hisobini yuritiş tizimi, sotilgan gaz miqdorining aniq hisobini yuritişni ta’minlovçi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan dastur mavjud bölgan hollardagina gaz yetkazib beriladi.

Bu tartibni 2023 yil 1 iyuldan boşlab yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.

Eslatib ötamiz, keça, 6 fevral kuni prezident Şavkat Mirziyoyev energetika nazorati böyiça yiğiliş ötkazib, bu borada mas’ullarga ikki yil “favqulodda tartibda” işlaş vazifasini qöygandi.

Yiğilişda aytilgandiki, mamlakatda energetika resurslari “xöjasizlarça talon-toroj qilinyapti”. Metan-şoxobçalar ustidan nazorat “butunlay izdan çiqqan”. Elektr va gaz böyiça avtomatik hisoblaş tizimlari 92-98 foizga örnatilgan bölsa-da, debitor qarzdorlik haligaça yuqori.

Prezident Energoinspeksiya va MIBning işini takomillaştiriş, elektr va tabiiy gazga ulanişda yangiça yondaşuvlarni joriy qiliş yuzasidan topşiriqlar bergan.