«Shaffof shaharlar» va «Halol tumanlar» dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
Bu idora va tashkilotlar ichida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini istisno etadigan halollik, shaffoflik va axloqning yuqori standartlari amal qiladigan maxsus yaratilgan hududlar ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Kun.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida davlat hokimiyati organlarida korrupsiya xavflarini aniqlash, oldini olish hamda bartaraf etishga qaratilgan «Shaffof shaharlar» va «Halol tumanlar» dasturlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ushbu dasturlar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ekotizimni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, dastlabki bosqichda dastur Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Jizzax shahri va Buxoro viloyatining Vobkent tumanida amalga oshiriladi.
«Shaffof shaharlar» va «Halol tumanlar» - bu idora va tashkilotlar ichida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini istisno etadigan halollik, shaffoflik va axloqning yuqori standartlari amal qiladigan maxsus yaratilgan hududlardir. Ushbu loyihalar asosidagi metodologiya Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Janubi-Sharqiy Yevropaning 11 mamlakatida o‘z samaradorligini isbotlagan. U 30 ta mahalliy hokimiyat organida qo‘llandi va 2011 yilda davlat xizmatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun BMT mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Xabarga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar korrupsiyadan xoli hududlarni yaratishga yordam beradi va ular muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so‘ng dastur boshqa barcha tuman va shaharlarga tatbiq etiladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
Jahon | 17:35
-
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
O‘zbekiston | 17:21
-
O‘zMUdagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi muhokama qilindi
O‘zbekiston | 17:20
-
Reuters: Rossiya tomonida turib jang qilishga yuborilgan qariyb 600 nafar KXDR harbiysi halok bo‘ldi
Jahon | 17:12
Mavzuga oid

16:53 / 08.03.2025
“Korrupsiya baribir yo‘qolmaydi degan ko‘nikish paydo bo‘lib qoldi” - ekspertlar bilan suhbat

17:47 / 09.01.2025
2024 yilda tekshirilgan davlat xaridlarining 86 foizi noqonuniy deb topildi

11:33 / 15.11.2024
“Pora kattalashgan sari suverenitet bilan savdolashish boshlanadi” – faollar bilan suhbat

16:21 / 12.11.2024