Özbekistonda muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yoşlar oliy öquv yurtida tahsil olmoqçi bölsa, ularning xorijiy til va fan sertifikatini oliş xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.
Agar ular oliygohlarga kontraktga kirsa, foizsiz ta’lim krediti ajratiladi.
Bu haqda Xavfsizlik kengaşining 13 yanvar kungi yiğilişida prezident Şavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Davlat rahbariga köra, muddatli harbiy xizmatni ötayotgan askarlarga harbiy qismning özida oliygohga öqişga kiriş uçun imtihon topşiriş imkoniyati yaratiladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanişi bilan oliygohda öqişini boşlaydi.
Şuningdek, armiyadan qaytib davlat taşkilotlariga işga kirmoqçi bölgan yoşlar uçun Boşqaruv samaradorligi agentligi tomonidan ötkaziladigan test ballariga 10 foizlik imtiyoz beriş amaliyoti joriy qilinadi. Xususiy sektorda faoliyat yuritmoqçi bölgan yoşlarga esa kasb egallaş va sertifikat oliş xarajatlari tölab beriladi.
“Bir söz bilan aytganda, “muddatli harbiy xizmatni ötaş – yoşlar uçun muvaffaqiyat yöli”ga aylanişi kerak”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

















