Komil Allamjonov Prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
Komil Allamjonov endi Sardor Umrzoqovga o‘rinbosarlik qiladi.
Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bu borada tegishli farmoni imzolandi.
Manbalarga ko‘ra, o‘rinbosarlik lavozimi yangi tashkil etildi hamda Allamjonov endi jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosatiga mas’ul bo‘ladi. O‘z navbatida, Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi lavozimi ham saqlab qolinadi.
Bungacha administratsiya rahbarining uch nafar o‘rinbosari bor edi - birinchi o‘rinbosar Aziz Mag‘rupov, o‘rinbosar Alisherbek Payg‘amov hamda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Ma’lumot uchun, Komil Allamjonov 2017 yil dekabrida O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati rahbari bo‘lgan, 2018 yil noyabrida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga rahbar bo‘lgan. 2019 yil fevralidan bu tashkilot Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi sifatida qayta tashkil etilgan.
U 2020 yil yanvar oyidan buyon Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
- Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyul oyi boshida Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident administratsiyasi rahbarligidan ketdi - u bu lavozimda administratsiya tashkil etilgan 2018 yil avgustidan buyon ishlayotgandi. Keyinroq uning o‘rniga so‘nggi uch yilda investitsiya va tashqi savdo vaziri bo‘lgan Sardor Umrzoqov tayinlandi.
Mavzuga oid
16:28 / 20.12.2024
O‘zbekiston Interpol orqali Rasayev va Temirxanovni xalqaro qidiruvga berdi
22:07 / 03.12.2024
“Banditlar boshqargan ekan-da?” - Javlon Yunusovning Toshkentdagi qurilish loyihalaridan odamlar norozi
01:57 / 26.11.2024
Allamjonovga suiqasd: tergovning yangi tafsilotlari, jinoyatni fosh etishga to‘sqinlik qilgan amaldorlar va katta tozalash
16:11 / 25.11.2024