Navoiy şahridagi 22-umumta’lim maktabining 5-sinf öquvçisi Islombek Mansurov çet tilini biliş darajasi böyiça B2 sertifikatni qölga kiritdi. Bu yoş jihatdan Navoiy viloyatida eng yaxşi natijalardan biri böldi.

Ma’lum bölişiça, Islombek Mansurov pedagoglar oilasining tönğiç farzandi. Uning otasi Dilşod Mansurov Navoiy davlat universiteti dotsenti bölsa, onasi Şohista Turdiyeva maktabda matematika fani öqituvçisi.

“Ikki öğlim bor, Islombek tönğiç farzandimiz. Yoşligidan internetdagi turli öyinlar va bilim olişga ixtisoslaşgan dasturlarni ingliz tilida körardi. Hozirda YouTube’da özi kanal oçib, ingliz tilida yuritmoqda”, deydi Dilşod Mansurov.

Islombek uşbu natijani birinçi urinişdayoq qölga kiritgan.

“Maktabimizda sertifikat olgan öquvçilar köp. Ammo Islombek maktabimiz tarixida çet tilini biliş darajasi böyiça B2 sertifikatini qölga kiritgan eng yoş öquvçi böldi. Ingliz tili ustozi Alişer Xudoyorov ham yoş pedagog, ança tirişqoq. Albatta, uşbu natija bilan töxtab qolmaymiz”, deydi Navoiy şahridagi 22-umumta’lim maktabi direktori Feruza Fayziyeva.

Navoiy viloyatida 11 yoşli öquvçi B2 sertifikatini qölga kiritişi bundan 2 yil oldin ham kuzatilgandi. Öşanda Xatirçi tumanidagi 22-umumta’lim maktabi öquvçisi Zarina Muxiddinova bu natijani qayd etgan.

Eslatib ötamiz, OTMga öqişga kirişda çet tilidan B2 sertifikati bor abituriyentga maksimal ball beriladi.