9 iyun kuni Ohangaronda haydovçilik guvohnomasi böyiça “Toşkent viloyati imtihon markazi” iş boşladi. Şu kuni bölib ötgan oçiliş marosimida markaz asosçisi Komil Allamjonov Kun.uz muxbiri savollariga javob berdi.
— Bunday avtomatlaştirilgan imtihon markazlari avvaliga Toşkent şahrida, endilikda Toşkent viloyatida oçildi. Kelgusi rejalaringiz qanday?
— Hozirda Farğonada işlarni boşladik. Xudo xohlasa, quriliş boşlandi u yerda ham. Ayni vaqtdagi rejamiz böyiça Farğona, Andijon va Namanganda ham bu kabi imtihon markazini oçiş reja qilingan. Albatta, har qanday işni boşlagan odam imkon darajasida, maksimal darajada bozorga kirib borişni xohlaydi, bizning ham niyatlarimiz – butun respublikaga yetib boriş.
— Toşkent şahrida haydovçilik guvohnomasi olişdagi korrupsiya holatlari nolga tenglaştirildi, endi Toşkent viloyatida ham şunday böladi dedingiz. Lekin bu yerda guvohnoma olişdagi barça bosqiçlar emas, faqat bevosita imtihon topşirişdagi korrupsiya haqida gap ketyapti, şunday emasmi?
— Bu markazlar filtr vazifasini bajaradi. Masalan, Toşkent viloyatida yuzlab avtomaktablar bölib, şu vaqtgaça “GAI” tizimi orqali imtihon ötkazilgan bölsa, amalda bu narsa özini oqlamadi. Şuning uçun ham bu xususiy sektorga berildi. Bunaqa markazlarning afzalligi şundan iboratki, bilimi yöq odam yölga çiqolmaydi, ya’ni haydovçilik guvohnomasini ololmaydi.
Masalan, siz kelib, imtihondan ötolmadingiz. Nima qilasiz? Birinçi maktabga qaytib borasiz-da, “meni yaxşilab öqitgin” deysiz. Bu tizim ta’lim tizimining sifatini oşirişga xizmat qiladi.

Taniş-bilişçilik, telefon qönğiroqlar işlamaganidan keyin, faqat bilim yordam beradi, imtihondan faqat bilimlilargina öta oladi. Öz örnida, avtomaktablar orasida sifat uçun raqobat boşlanadi. Oldin raqobat faqat narxlar örtasida bölgan.
Misol uçun, 276 soatlik öquv dasturi böladigan bölsa, qaysidir maktablar buni 2,5 mln sömga, yana qaysilaridir 1,5 mln sömga öqityapti. Viloyatlarda esa 800 ming sömga öqitayotgan holatlar ham bor – aslida şu maktablarda haqiqatda korrupsiya bor, ularda haqiqatda noqonuniy harakat bölyapti degan ma’noni beradi. Nimaga desangiz, 276 soatga bitta öqituvçining oyligini hisoblab çiqqaningizda ham, agar bitta maktab 276 soat öqitsa, uning tannarxi 3 millionga yaqin böladi. 3 millionlik tannarxi bölib turib, 800 ming sömga qanday öqitadi? Demak, belgilangan soatlar hammasi ham ötilmaydi, köçaga çiqib 50-60 soat haydaşi kerak bölsa, 20 soat haydaydi yoki qolgani faqat naqdda berib keladi.















