– Tadbirkorlar reytingi joriy qilinyapti. Bundan maqsad nima?
– Reyting oldin jazolovçi bölgan bölsa, endi rağbatlantiruvçi bölyapti. Yuqori reytingga ega bölgan tadbirkorlik sub’yektlari rağbatlantiriladi. Quyi reytingdagilarga çora köriş, tekşiriş közda tutilmagan.
Qaror bilan belgilanyaptiki, agar tadbirkor A reyting oladigan bölsa, soliq idoralari tomonidan unga tekşirişlar ötkazilmaydi. QQSdan hosil bölgan soliq summasi bir kunda qaytarib beriladi – amaldagi muddat esa 7 kundan 30 kungaça. QQSdan boşqa soliq turlari bor, ulardan hosil bölgan ortiqça soliqlarni ham bir kunda qaytarib beriş közda tutilyapti. Bu ham amalda 10 kundan 15 kungaça bölgan muddatni talab qiladi.
Yana bir rağbatlantiriş – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilişda vaqtida tölangan soliqlarni hisobga oliş tizimi joriy qilinyapti. Amalda bu faqat yirik soliq tölovçilar uçun amal qiladi. Endi reytingi yuqori bölgan tadbirkorlik sub’yektlariga ham tatbiq etiladi. Reytingning asosiy maqsadi tadbirkorlarni ixtiyoriy ravişda qonunçilikda belgilangan me’yorlardan kelib çiqib qöşimça, heç qanday majburiyatlar yuklamagan holda özlari bajarişi kerak bölgan majburiyatlarni vaqtida bajarişga undaşdir. Bunda ortiqça heç qanday majburiyatlar yuklanmaydi.
– Reytingda yuqori ballga ega böliş uçun nimalar qiliş kerak?
– Mezonlarimiz 23 ta etib belgilangan va ular 3 ga bölingan. Birinçisi – hamma uçun bir xil bölgan mezonlar. Bunda 10 ta mezon közda tutilgan, şuning özida tadbirkor 100 ball oladigan bölsa, boşqa mezonlar unga ta’sir qilmaydi.
Keyingi mezonlar kamaytiruvçi mezonlar hisoblanadi. Qonunçilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatiş kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boşqa hududga köçiş yil davomida köpayib ketsa, kamaytiruvçi mezonlar işlaydi.
Kamaytiruvçi mezonlar umumiy belgilangan mezonlarni kamaytirib bersa, qöşimça rağbatlantiruvçi ballar bor. Bular – ijtimoiy reyestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni işga olsa va ular umumiy xodimlarning 10 foizidan köproqni taşkil qilsa, qöşimça 5-10 ball beriladi. Bunda ham tadbirkorga heç qanday majburiyat tuğilmaydi.
Umumiy ballar 10 ta mezon asosida baholanadi. Tadbirkor faoliyatini qança köp davom ettirsa, bu mezon uçun 10 ball beriladi. Xuddi şunday soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etsa yana 10 ball beriladi. Agar keçiktirsa, ball ololmay qolişi mumkin. Soliq tölovlarini ham belgilangan muddatdan keçiktirmay vaqtida tölab borsa, 10 balli tizimda ball olişlari mumkin. Tölanmagan summani soliq organlari majburiy tartibda undiradigan bölsa, ball yiğolmaydi va qöşimça ball çegiraladi. Şuning uçun vaqtida va ixtiyoriy tölab borsa, şunça yuqori ball olişlari mumkin böladi.
















