Özbekiston futbol assotsiatsiyasi va Adidas kompaniyasi örtasida tuzilgan 2 yillik kelişuvga binoan, milliy terma jamoaga 2019 yilgi Osiyo çempionati uçun yangi dizayndagi liboslar tayyorlab beriladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qömitasi prezidenti, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov «Kun.uz»ga ma'lum qildi.

«Hozirgi liboslar vaqtinçalikka. Tayyorini oldik. Kelişuv böyiça Adidas yangi dizayndagi liboslarni tayyorlab beradi», degan Ahmadjonov.

Ma'lumot uçun, Özbekiston futbol terma jamoalari şu vaqtga qadar Joma kompaniyasi liboslarida töp surib kelardi.

Bundan avvalroq Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Germaniyaning Adidas kompaniyasi bilan 2 yillik şartnoma imzolagani haqida xabar berilib, terma jamoa futbolçilari uçun yangi dizayndagi liboslar namoyiş qilingandi.

ÖFA Nike va Adidas kompaniyalaridan ikkinçisini tanlagan.

Adidas liboslari Germaniya texnologiyalari asosida tikiladi, oyoq kiyimlar esa Italiya texnologiyalarida vositasida tayyorlanib, ular ham Yevropa standartiga töla javob beradi.

Ertaga, 6 sentabr kuni Suriyaga qarşi ötkaziladigan öyinda Özbekiston terma jamoasi ilk marta Adidas liboslarida maydonda harakat qilişadi.

Ma'lumot uçun, bunga qadar Özbekiston terma jamoalari Ispaniyaning Joma firmasi tomonidan taqdim etilgan liboslarda maydonga tuşib kelişardi.