Qayd etilishicha, ushbu fuqarolar 2020 yil 29-31 dekabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Gradusnik” nomli spirtli ichimlik iste'mol qilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.