Sönggi vaqtlarda bemorlar va ularning yaqin qarindoşlari tomonidan tibbiyot xodimlariga tajovuz qiliş hollari köpayib borayotganligi, bu jarayonda tibbiyot xodimlarini bemorlarning soğliği yomonlaşişida yoki ölimida asossiz ravişda ayblaş, heç bir sababsiz şifokorlarga va örta tibbiyot xodimlariga tajovuz qiliş hollari yuz berayotganligi qayd etildi.
Qonun bilan yuqorida qayd etilgan muammolarga yeçim topiş maqsad qilingan. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga tösqinlik qilganlik yoki şu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravişda har qanday şaklda ta’sir ötkazganlik uçun alohida javobgarlik belgilanmoqda.
Bunda uşbu noqonuniy faoliyatni amalga oşirgan fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan yetti baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa yetti baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima soliş yoki ön beş sutkagaça ma’muriy qamoqqa oliş jazosi kiritilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 197-7-moddasida tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga tösqinlik qilganlik yoki şu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravişda har qanday şaklda ta’sir ötkazganlik haqidagi işlarni körib çiqiş belgilanmoqda. Kodeksning 305-moddasiga muvofiq mazkur toifadagi işlarni körib çiqiş muddati uç sutkani taşkil etişi qayd etilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

















