Özbekiston Respublikasi saylangan Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qildi. 

Bugun, 14 dekabr kuni Oliy Majlis palatalari qöşma majlisi vaqtida prezidentning inauguratsiya marosimi bölib ötdi. Bu haqda marosimda iştirok etgan manbamiz ma'lumot berdi.

Marosimda Markaziy saylov komissiyasi va hukumat a'zolari, Konstitutsiyaviy sud raisi, diplomatik vakolatxonalar rahbarlari hamda akkreditatsiyadan ötgan OAV vakillari hozir bölişgan.

Majlisni Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov oçib bergan. U Şavkat Mirziyoyevga prezident guvohnomasini va Markaziy saylov komissiyasining şahodatnomasini topşirgan hamda uni qasamyod qabul qiliş uçun minbarga taklif qilgan.

Prezident Konstitutsiya va Qur'onga qöl qöygan holda qasamyod qilgan: «Özbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etişga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berişga, Özbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarişga tantanali qasamyod qilaman».

«Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida»gi qonun 39-moddasiga muvofiq, Prezident Oliy Majlis yiğilişida qasamyod qilgan paytdan boşlab öz lavozimiga kirişadi.

Prezident qasamyoddan söng ma'ruza sözlagan va öz nutqida saylovda iştirok etgan boşqa siyosiy partiyalar yetakçilariga — Sarvar Otamuratovga, Xatamjon Ketmonovga va Narimon Umarovga minnatdorçilik bildirgan.