Özbekistondagi maktabgaça ta'lim taşkilotlarida 3-7 yoşli bolalar guruhlarida tarbiyalanuvçilar soni 25 nafardan 30 nafarga oşiriladi.

«Bola siqilib qolmaydimi, deb ota-onalar aytişi mumkin. Yöq, biz bolalar yotoqxonasidagi mebel jihozlarni yengil konstruksiyali mebellarga almaştiriş orqali joylarni kengaytiramiz», – deya izoh berdi Maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari Maqsudjon Yöldoşev 29 yanvar kuni XPK sessiyasida.

Mazkur özgariş 2019 yil dekabrida qabul qilingan «Maktabgaça ta'lim va tarbiya töğrisida»gi qonunda belgilangan. Qonun 2020 yil 16 iyundan boşlab kuçga kiradi.

Unga köra, umumiy turdagi davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarida guruhlar tegişli ravişda quyidagi miqdorda töldiriladi:

  • 3 yoşdan 7 yoşgaça bölgan bolalar guruhlarida — köpi bilan 30 nafar bola;
  • bolalar qisqa vaqt böladigan guruhlarda — köpi bilan 30 nafar bola;
  • turli yoşdagilar guruhlarida — köpi bilan 25 nafar bola;
  • bolalar keça-yu kunduz böladigan guruhlarda — köpi bilan 10 nafar bola.

Prezident topşiriği qanday bajariladi?

2019 yili Özbekistonda maktabgaça ta'lim qamrovi 38 foizdan 52 foizga kötarilgan. Prezident Şavkat Mirziyoyev şu yil oxirigaça bu körsatkiçni 60 foizga yetkaziş vazifasi qöygan.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Maqsudjon Yöldoşev bunga qanday erilişi böyiça ham tuşuntiriş bergan.

«Bunga qanday erişamiz? Bugungi kunda 2,7 mln bolaning 1,4 millioni, ya'ni 52 foizi boğçaga qatnayotgan bölsa, biz 240 mingta yangi örin yaratişimiz kerak. Nodavlat sektorga köplab imtiyozlar joriy etilgani tizimning öz-özidan barqaror rivojlanişiga olib keldi. Bu yilni özida 2 mingta oilaviy maktabgaça ta'lim taşkiloti taşkil etişni rejalaştirganmiz. Bu bilan 50 mingta yangi örin yaratiladi.