Xonanda Zohirşoh Jörayev sudning hal qiluv qaroridan norozi ekanini bildirdi. Unga köra, dalil va isbotlar yetarli bölmay turib xulosaga kelingani uçun sud qarori ustidan apellyatsiya şikoyati kiritiladi. “Qaysi mahkama nima qaror qabul qilişidan qat’i nazar, biz otamning qaroriga sodiqmiz”, dedi xonanda Kun.uz’ga bergan intervyusida.
Botir Qodirovni Şerali Jörayevning öğli deb topgan FIB Uçtepa tumanlararo sudining hal qiluv qarorini Jörayevlar oilasi adolatsiz qaror deya baholamoqda. Kun.uz’ga intervyu bergan xonanda Zohirşoh Jörayev da’vogar tomonidan sudga na yozma, na boşqa aşyoviy dalillar keltirilmaganini bildirdi.
Xonandaga köra, Jörayevlar oilasi taqdim etgan faktlar sudda qabul qilinmagan.
“Biz otam Şerali Jörayevning audio hamda videoyozuvlari, yozma aşyoviy dalillar, guvohlarni keltirdik, lekin bular sud tomonidan qabul qilinmadi. Bizga qarşi da’vo arizasini kiritgan tomonning bir neçta joyda “men Şerali Jörayevning öğli emasman”, qabilidagi audio-videoyozuvlari ham bor edi. Biroq şunga qaramasdan, sud otalik faktini tasdiqladi. Biz qarordan norozimiz”, – deydi Zohirşoh Jörayev.
Xonanda otasi Şerali Jörayevning vodiyda ötkazilgan töylardan birida Botir Qodirov uning öğli emasligini tasdiqlagan gaplarini esladi:
“20 yillar oldin vodiyda bir töyda otam xalqqa yuzlanib, “bunaqa bolam yöq mening, sizlar aytayotgan bolani mendan avval ham sening bolang deb bir neçta odamga olib borişgan”, deganlar. Otamning birinçi ayolidan 17 yil mobaynida farzandi bölmagan. Qanday qilib farzand körmagan odam bolali bölsa, uni çetga taşlab qöyadi? Otam nima degan bölsa şuni isbotlab, uning himoyasida qolaman. Qaysi mahkama nima qaror qabul qilişidan qat’i nazar, biz otamning qaroriga sodiqmiz”, – deya ta’kidladi xonanda öz intervyusida.
11 sentabr kuni sudning hal qiluv qarori öqib eşittirilgaç, xonanda Botir Qodirov OAVga intervyu berib, aka-uka Jörayevlarning qörqayotgan nuqtasi meros ekanini aytgandi. Zohirşoh Jörayev esa bunga javoban meros ularga qiziq ham, muhim ham emasligini, bu masalani qarşi tomon kötargani va aynan meros deb sudga da’vo kiritganini bildirdi.
















