Xonanda Botir Qodirov sudning hal qiluv qarori öqib eşittirilgaç OAVga intervyu berdi. U sözida “eng oğriqli nuqtasini bosişmagunça da’vo arizasi kiritiş niyati bölmaganini” aytib ötdi. “Boşqa çora qoldirişmadi, eng nozik nuqtamni bosişdi. Ularning qörqayotgan nuqtasi – meros. Menga meros kerak emas. Yomon gapirmoqçi emasman, ular baribir mening ukalarim”, dedi xonanda. Qodirov, şuningdek, sud-ekspertizasi xulosalari nega ikki xil çiqqanini ham izohlab ötdi.

Jörayevlar işida sudning hal qiluv qarori öqildi. Işni FIB Uçtepa tumanlararo sudi körib çiqdi. Sud Botir Qodirovni Şerali Jörayevning öğli deb topdi.

Sudning hal qiluv qarori öqilgaç, xonanda Botir Qodirov OAVga intervyu berdi.

“Töğrisi aytsam, yomon gap gapirmoqçi emasman. Ular baribir mening ukalarim. Ular adaşişyapti. Lekin, bilmayman kim turibdi bularning ustida, bularning qörqayotgan nuqtasi – meros. Men şu paytgaça indamay, sabr bilan kutib keldim sudning qarorini. Ular nimalar qilib yurganini bilaman. Lekin bir narsani aytib qöymoqçiman, ularga amakimlarimni gapirtirib, mening, onamning şa’niga tegib, bunaqa qilmasliklarini tavsiya berardim. Agar bular merosdan qörqişayotgan bölsa, bu narsalarni qilmasliklarini iltimos qilardim. Çunki, men oldin ham meros kerak emasligini aytganman.

Bir insonni ha deb ezaversangiz, çiqib gapiraversangiz uning onasi unaqa, onasi bunaqa deb, heç qaysi farzand çidab turolmasa kerak bunga. Toki mening eng oğriqli nuqtamni bosmagunça da’vo arizasi kiritiş niyatim bölmagan. Ya’ni, mening oğriqli nuqtam – onamning şa’ni. Boşqa çora qoldirişmadi bular”, dedi xonandi.

Botir Qodirov intervyusida sud-ekspertizasi xulosalari nega ikki xil çiqqanini ham izohlab ötdi. Unga köra, birinçi DNK namunalari sölakdan, ikkinçisi qondan olingan. Va xulosalarni tayyorlaşda inson omili bilan ayrim texnik xatoliklarga yöl qöyilgan.

Xonanda adolat qaror topişiga işonçi komil bölganligini ham ta’kidlab ötdi.

Sud qarorida Botir Qodirovning Andijon şahar FHDYo bölimida 1983 yil 11 mart 12-son bilan qayd etilgan tuğilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota ustuniga “Şerali Jörayev, 1945 yil tuğilgan, millati özbek” deb yoziş ham belgilangan. Sudning hal qiluv qarori 1 oydan söng kuçga kiradi