Davlat rahbari faol islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantiriş va mahallabay işlaş boşlangani natijasida ötgan yili yalpi içki mahsulot 7,4 foizga ösganini qayd etdi.
Hududlarda 100 mingta yangi tadbirkor iş boşladi. Özini özi band qilganlar soni 700 mingga köpayib, 1,2 millionga yetdi.
“Mahallabay” işlaş tizimi orqali “temir daftar”dagi 583 ming ehtiyojmand oila doimiy daromad bilan ta’minlandi.
"2022 yilni “Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili” deb e’lon qildik. Şu bois, bu yil barça mahallalarda tub özgarişlar yili bölişi kerak", dedi prezident.
Yiğilişda "mahallabay" işlaşning yangi tizimini yölga qöyiş bilan boğliq masalalar muhokama qilinmoqda.
Jumladan, yangi yildan 9 ming 309 nafar hokim yordamçilari iş boşladi va ularga kömak beriş uçun vazirliklardan 300 nafar rahbar-xodimlar xizmat safariga yuborildi.
Uşbu tizimga mas’ul bölgan Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi faoliyati taşkil etilib, barça masalalar yeçib berildi.
Endilikda hokim yordamçilari, eng avvalo, işlaş imkoniyati va xohişi bor, lekin şaroiti oğir oilalarni öqitiş va öz işini boşlaşi uçun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xöjaligi uçun ularga yer maydonlari ajratiş masalalari bilan şuğullanadi.
Hokim yordamçilari aholi bilan har kuni işlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazişi, tadbirkorlikka va dehqonçilikka örgatiş orqali ularni kambağallikdan çiqarişi lozim.
Bu maqsadlar uçun joriy yilda 10 trillion söm imtiyozli kredit va 2,5 trillion söm subsidiya ajratiladi (har bir mahallaga örtaça 1,3 milliard söm).
"Ularning asosiy vazifasi – öz mahallasida tadbirkorlikni rivojlantiriş, iş örni yaratiş, kambağallikni qisqartiriş va oilalar daromadini köpaytirişdan iborat.
Buning uçun, hokim yordamçilari har qanday byurokratiyadan holi bölişi, heç qaysi hokim yoki rahbar ularni majlislarga çaqirmasligi, turli hisobotlar bilan “kömib taşlamasligi” lozim.
Hokimlar ular uçun faqat şaroit yaratib berişi kerak", dedi davlat rahbari yiğilişda.

















