Bundan 82 yil muqaddam özbek millatiga qarşi ulkan jinoyat sodir etildi – 1938 yil 4 oktyabr kuni öz davrining közga köringan ziyolilari – jadidlar sovet tuzumi qatağon maşinasining qurboni böldi. Ular hukmron tuzumga qarşilikda ayblanib, «xalq duşmani» sifatida otuvga hukm qilindi. Soxtalaştirilgan hujjatlar, zörlik bilan erişilgan guvohliklar asosida. Sud hukmisiz.

Tarixçi Bahrom Irzayev jadidçilik harakati asoslari, ularning ta'qibga olinişi, qatağon maşinasining dahşati haqida gapirib berdi.

Jadidçilik maqsadlari va peşvolari

– Jadidçilik harakatining Turkistonda keng yoyilişida qrim-tatar farzandi Ismoil Ğaspiralining xizmatlari katta. Bu harakatni dastlab Turkistonda boşlaganlar juda sanoqli – Samarqandda Mahmudxöja Behbudiy, Toşkentda Munavvarqori Abduraşidxonov, Buxoroda Abdurauf Fitrat bölsa, 1918 yilga kelib bunday fikrli insonlar mamlakatning barça şahar-qişloqlarida minglab paydo böldi.

1920 yilning boşlarida Turkiston ölkasining ijtimoiy hayotida bölgan barça yangiliklar jadidlar ta'sirida yuzaga keldi. Matbuot, maktab, maorif, teatr kabilar orqali ular yangi tölqinni vujudga keltira oldi. Jadidlar öz harakatlarining poydevori bölgan maktabda din bilan birga dunyoviy ilmlarni ham örgatişni maqsad qilib qöyişgandi. Bir qator yoşlarni öqitib, xayriya jamiyatlari taşkil etilib, Orenburg, Ufa, Turkiya, Germaniya, Misr, Yaponiyadagi ta'lim maskanlariga yuborişga rahbarlik qilişdi.

Orenburgga tahsil uçun yuborilgan turkistonlik yoşlar

Jadidlarning asosiy maqsadi örta asr jaholatidan qutuliş va jahonning taraqqiyot namunalarini Turkistonda joriy etiş bölgan.

Mutaxassislar Turkiston istiqboli uçun kuraşgan şaxslarni uç guruhga bölişadi.

Birinçi guruhga çor ma'murlariga qarşi qurolli harakat olib borganlar, şörolarga qarşi milliy ozodlik harakatlari rahbarlari kiradi.

Ikkinçi guruhga murosa yölini tutganlar kiradi. Ismoil Ğaspirali, Mahmudxöja Behbudiylar vaziyatda öz şartlarini qöyiş evaziga Turkiston uçun ma'lum bir erkinliklarni talab qilişdi.