Farğona viloyati Özbekiston tumanida yaşovçi fuqaro S.E joriy yilning 31 mart kuni avtokredit rasmiylaştiriş maqsadida Qöqon şahridagi bankka borgan va şundan keyin bedarak yöqolgan. Uning yaqinlari Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, u bank binosini bank xodimi bilan birga tark etgan, ikki soat ötib xodim yolğiz qaytib kelgan.
Boş prokuratura axborot xizmati tergovga qadar tekşiruv davomida Qöqon şahridagi banklardan birining kredit bölimi mutaxassisi A.T. gumonlanuvçi sifatida qölga olinganini ma’lum qildi. U mijozni öldirib, jasadni Katta Farğona kanaliga taşlab yuborganiga iqror bölgan.
U S.E. 31 mart kuni aksiya doirasida avtomaşina uçun kredit oliş maqsadida filialga kelgani, u bilan filialda özaro tortişib qolgani, Tracker rusumli avtomaşinasida özaro gaplaşib oliş uçun yölga çiqib, Özbekiston tumani «Taraqqiyot» MFY hududiga kelgani, bu yerda maşina içida oşxona piçoği bilan uning böyin sohasiga bir neça marta zarba berib öldirganini aytgan.
U şundan söng iş joyiga qaytib kelgan, murdani maşinasida qoldirgan, soat 19:00 larga qadar işda bölib, işdan söng, avtomaşinasida Katta Farğona kanalining Özbekiston tumanidagi Tölaş mahallasi hududidan oqib ötgan qismiga borib, murdani kanalga taşlab yuborganini bildirgan.
Holat yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, A.T. qölga olingan. Ayni vaqtda jabrlanuvçining jasadi topilmagan, qidiruv işlari davom etmoqda.
Qidiruvga FVVning Farğona viloyat boşqarmasi xodimlari jalb etilgan. Şuningdek, mahalliy aholi vakillari ham qidiruv işlarida iştirok etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Böka tumanida ham IIB xodimi tomonidan urib yuborilgan şaxsning jasadi Farhod kanalidan 80 kundan söng topilgan edi.

















