Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, bortda umumiy soni 71 kişidan iborat qöşimça qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham yetkazildi.
Jabrlanganlarga yordam beriş maqsadida Mudofaa vazirligi tibbiy otryadining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga töqqizta alohida bölinmadan iborat köçma şifoxona majmuasini joylaştiriş rejalaştirilgan.

Qayd etilişiça, uşbu dala şifoxonasi barça zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan töliq ta’minlanadi.

Mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, harbiy-tibbiy otryad tarkibida tajribali tibbiyot xodimlaridan taşqari kinologlar (xizmat itlari bilan) va ta’minotçilar ham bor bölib, ular öz yönalişi böyiça barça kerakli anjom va uskunalar bilan ta’minlangan.
Şuningdek, dori-darmonlar va yuz nafar bemorga möljallangan yotoq joylari mavjud.






















