2018 yil 22 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, sud-huquq tizimida amalga oşirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlaşga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini körib çiqdilar.

Majlis kun tartibidagi masalalardan biri «Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi va Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 170-moddasiga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi böldi.

Qayd etilişiça, mamlakatda çet el valyutasini ayirboşlaş erkinlaştirilgandan buyon sohada amalga oşirilayotgan islohotlarga qaramay, xorijiy valyutaning qonuniy muomalasi bilan boğliq huquqbuzarliklar keskin oşib bormoqda. Masalan, Boş prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan ötkazilgan tahlillar bu toifadagi jinoyatçilikning keskin ösiş holatlarini körsatmoqda: birgina joriy yilning 9 oyida 2 069 ta (2017 yil şu davrida – 1 656) şunday huquqbuzarliklar aniqlangan.

Şuni inobatga olgan holda tayyorlangan qonun loyihasi bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 170-moddasi, Jinoyat kodeksi 177-moddasining sanksiyasiga özgartiş kiritiş orqali valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş uçun jazo çoralarini belgilaş hamda jarimalar miqdorini oşiriş közda tutilmoqda.

Deputatlarning fikriça, mazkur qonunning qabul qilinişi bu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini kuçaytirişga, aholi tomonidan çet el valyutalarini ayirboşlaş şoxobçalari orqali xarid qiliş darajasini oşirişga, iqtisodiyotda xufyona sektorning darajasini kamaytirişga va çet el valyutasining nazoratsiz çiqib ketiş yöllarini bartaraf etişga yordam beradi.