Navoiy viloyatida tabiiy gazdan özboşimçalik bilan foydalaniş holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgaz Navoiy” gaz ta'minoti filiali axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, Navoiy şahrining Tinçlik qörğonida joylaşgan MÇJlardan biriga tegişli issiqxona va ohak işlab çiqariş sexi qarzdorligi sababli tabiiy gaz tarmoğidan uzib qöyilgan. Biroq olib borilgan örganiş davomida issiqxona va sexda tabiiy gazga özboşimçalik bilan ulanib olingani ma'lum bölgan.  

Örnatilgan hisoblagiç xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uning körsatkiçi metall sim tiqiş orqali töxtatib qöyilgani aniqlangan.

“Hududgaz Navoiy” gaz ta'minoti filiali ma'lumotiga köra, yetkazilgan zarar miqdori 295 million 99 ming söm. Uşbu miqdordagi tabiiy gaz qiş mavsumida 350 ta xonadonni bir oy ta'minlaşga yetadi.

Oldinroq Karmana tumanida 240 ming metr³ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangandi.