Valuta bozorini yanada erkinlaştiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş doirasida joriy yilning 20 avgustidan boşlab tijorat banklari valuta ayirboşlaş şoxobçalari orqali naqd xorijiy valuta sotişni boşladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Sönggi kunlarda içki banklararo valuta bozori savdolarida almaşuv kursi özgaruvçanligi ortişi kuzatilmoqda. Xususan, 2019 yil 20 avgustdagi birja savdolarida sömning AQŞ dollariga nisbatan almaşuv kursi 9384 sömni taşkil qildi.

Valuta kursi holatidagi uşbu özgarişlar valuta bozorida mavjud talab va taklifning özaro nisbatini inobatga olgan holda kursning keskin tebranişlari oldini oliş maqsadida örnatilgan joriy almaşuv kursi tebraniş koridori bekor qilinişiga sabab böldi.

Avval xabar qilinganidek, sönggi oylarda ayirboşlaş kursi dinamikasi quyidagi omillar ta'sirida şakllandi.

Birinçidan, jahon iqtisodiyotidagi xatarlar ortişi va taşqi savdo munosabatlarida özaro kelişmovçiliklar keskinlaşuvi AQŞ, Xitoy, Yevrohudud va boşqa mamlakatlarda iqtisodiy ösiş sur'atlari pasayişiga olib keldi.

Bunda, köplab mamlakatlar, jumladan, Özbekistonning asosiy savdo şeriklari bölgan davlatlar moliya bozorlarida mazkur özgarişlar milliy valuta kursi özgaruvçanligi va qadrsizlanişi kuçayişiga sabab bölmoqda. Uşbu mamlakatlardagi milliy valutalarning qadrsizlaniş darajasi inflatsiya darajasidan yuqoriroq bölib, bu öz navbatida, söm qadrining real ma'noda oşişiga olib kelmoqda.

Ikkinçidan, yuqoridagi omillar iqtisodiyotdagi investitsion va kreditlaş faolligining oşişi bilan bir qatorda eksport «narx kötarilişi» va import jozibadorligi oşişi körinişida mahalliy işlab çiqaruvçilarning taşqi va içki bozorlarda narx raqobatbardoşligi pasayişiga sabab bölmoqda.

Natijada, sönggi yillarda içki valuta bozorida talabning barqaror ösişi kuzatilmoqda.

Jahon iqtisodiyotining joriy rivojlaniş tendensiyasi şaroitida Markaziy bank valuta kursi şakllanişiga taşqi omillar ta'sirining kuçayiş ehtimoli mavjudligini inobatga oladi.

Şu bilan birga, Markaziy bank içki valuta bozoridagi vaziyatni diqqat bilan kuzatişda davom etadi hamda taşqi omillar ta'sirini kamaytiriş va asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar muvozanatini ta'minlaş maqsadida bozor mexanizmlaridan foydalanadi.

Xususan, Moliya vazirligi bilan birgalikda ekspansion kreditlaş va fiskal siyosatini çeklaş orqali inflatsiya va valuta kursiga qöşimça bosimni pasaytiriş böyiça çoralar körib boriladi.