18 aprel kuni Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov va bir guruh jurnalist hamda blogerlarning Zoom dasturi orqali onlayn muloqoti bölib ötdi.

Unda xalq ta'limi tizimi hamda karantin davrida bu soha atrofidagi masalalar muhokama qilindi. Muloqot davomida jurnalistlar tomonidan karantin tartibi yoz oylariga qadar ham davom etadigan bölsa, öquvçilarning yakuniy imtihonlari masalasi qanday yeçilişi borasida savol berildi.

Xalq ta'limi vaziriga köra, Qozoğistonda maktab imtihonlari bekor bölişi bilan Şerzod Şermatov nomiga ham imtihonlarni bekor qiliş borasida turli oçiq xatlar yozilgan.

«Onlayn darslar jarayonida ham a'loçi öquvçilar muttasil öqiyapti, mas'uliyatli ota-onalar şuğullanyapti. Lekin mas'uliyati bölmagan, öqişni xohlamayotgan bolalar, ularni ota-onasi öz holiga taşlab qöyayotgan holatlari ham bor.

 Faraz qiling, şu savolingizga, bizda ham imtihon bölmaydi desam, hamma öquvçilar uçun ta'til boşlanib ketadi. Şuning uçun hali bunga vaqt bor. Buni katta muammo qilmaslik kerak. Imtihonlar may oxirida böladi, hali ungaça vaqt bor. Imtihonga tayyorgarlik körişsin. Afsuski, köp bolalar imtihon uçun ham öqiydigan bölib qolgan. Agar şu stimul ham yöqolsa, umuman öqimay qöyadi. Bu mavzuda gapirmay turaylik, öqişga köproq jalb qilaylik.

Ingliz tilini, axborot texnologiyalarini biliş orqali bemalol uydan turib pul topiş mumkinligini körsatib berişimiz kerak. Juda bölmasa, ingliz tilini bilib çiqsin. Bitirib çiqqandan keyin qanaqadir bölsa ham işga ega böladi.

600 mingdan oşiq bola maktabni bitirsa, 20 foizi universitetga kirsa, 80 foizi iş topişi kerak.

Inqiroz paytida qayerga boradi? Şuning uçun uydan turib işlaş imkoniyatlari haqida köproq ma'lumot bölişi kerak.Biz aholi jon boşiga daromad yuqori bölgan boşqa davlatlar singari internet orqali mehnat narxlarini yuqori bera olmaymiz. Lekin bunga sal harakat qiliş kerak.

Til biliş, axborot texnologiyalari bilan işlay oliş, qunt bölişi kerak.

Bitiriş imtihonlaridan xavotir olmayapman. Uni ötkazib olsa böladi. Butun dunyoda qilinadigan tajribalar bor. Juda bölmasa, bekor bölganda ham uçta çorak bahosi bilan baho qöyiladi.