Yuridik shaxslarning limitdan tashqari elektr va gaz iste’moli uchun tarif pasaytiriladi
Shavkat Mirziyoyev sanoat korxonalari elektr va gazga o‘rnatilgan limitdan 10 foizga oshib ketsa, to‘lov 2 karra ko‘p undirilayotganidan norozi bo‘layotganini ta’kidladi. Shu sababli endi elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar iste’mol 20 foizdan ko‘proq bo‘lsa, oshgan qismi uchun tarif 2 barobar emas, 20 foizga ko‘tariladi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda prezident Shavkat Mirziyoyev yuridik shaxslar uchun elektr va gazga o‘rnatilgan limit oshib ketsa, to‘lov 2 karra ko‘p undirilayotgani masalasiga to‘xtaldi.
Davlat rahbari bu tartibdan barcha sanoat korxonalari norozi bo‘layotganini ta’kidladi.
«Sanoatimizning o‘sishiga ta’sir qiladigan bunday cheklovlar qisqartirilishi belgilandi», - dedi prezident.
Endi elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar iste’mol 20 foizdan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov 20 foiz qimmatlashadi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik reytingida «yuqori», «o‘rta» toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Shuningdek, prezident budjetdan, kreditdan va boshqalardan qarzi bor tadbirkorlarni hisob raqamiga “inkasso” qo‘yilgani uchun, ular elektr, gaz va suvga to‘lov qila olmayayotgani ta’kidlarkan, vaholanki, ishlab chiqarish to‘xtamasa, qarzdorlik tezroq uzilishini qo‘shimcha qildi.
«Endilikda “inkasso” bo‘lganda ham, kommunal xizmatlarga to‘lovlar to‘xtatilmaydi», - dedi davlat rahbari.
Ma’lumot uchun, tadbirkorlar bilan limitdan ortiqcha ishlatilgan elektr energiyasi uchun 2 barobar – kilovatt-soatiga 1800 so‘mdan hisob-kitob qilina boshlagani jamoatchilik va tadbirkorlarning e’tirozlariga sabab bo‘lib kelyapti. Bu boradagi qaror shu yil 31 mayda qabul qilingandi.
Iqtisodchi Behzod Hoshimov Kun.uz bilan suhbatda bu yangi tartibni «o‘sayotgan korxonalarga jazo» deb atagandi. Iqtisodchining so‘zlariga ko‘ra, bunday cheklovlar elektr energiyasining bozor tovari emasligini ko‘rsatib turibdi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bu tartib yo‘lga qo‘yilishini iste’molchilarni elektr energiyasidan tejab va oqilona foydalanishlarini tashkil etish bilan izohlagandi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda
Sport | 03:54
-
Putin Ukraina Qurolli kuchlari hujumidan beri birinchi marta Kursk oblastiga bordi
Jahon | 03:16
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi
Jahon | 00:29
-
Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

08:30 / 14.02.2025
Tramp «o‘zaro tariflar»ga tayyorgarlik bo‘yicha memorandumni imzoladi

17:58 / 03.02.2025
Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi

15:32 / 30.01.2025
O‘zbekiston va Pokiston tariflarni pasaytirish bo‘yicha qo‘shma "harakatlar rejasi"ni ishlab chiqadi

07:51 / 15.01.2025