09:02 / 26.11.2023
38717

Video: Toshkentda Jah Khalib konserti kuni tartibsizlik yuzaga keldi

Tartibsizlik Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tarqatilgan.

Toshkentdagi Humo Arena saroyida 25 noyabr kuni mashhur xonanda Jah Khalib’ning konsert dasturi arafasida tartibsizlik yuzaga keldi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videolarda Humo Arena saroyiga kirish qismida tiqilinch yuzaga kelgani aks etgan. Odamlar chiptasi bo‘lsa ham konsertga kira olmayotgani aytilgan.

Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qilishicha, konsert dasturi kuni u yerda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jamoat tartibini buzganlikda gumonlangan fuqarolar voqea joyidan xavfsiz hududga olib chiqilib, yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldi olingan.

Holat yuzasidan surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Mavzu
Jinoyatchilikka qarshi tadbirlar
2023 yil noyabr oyining oxirida O‘zbekistonda, rasmiylar ta’rifiga ko‘ra, “kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar” boshlandi.
Barchasi
Top