Prezident topşiriği bilan «Taşabbusli budjet» jarayonlarining 2023 yil 1-mavsumida iştirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz töplagan, lekin ğolib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oşiriş uçun qöşimça 1,3 trln. söm mablağ ajratiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bermoqda.
Bunda, qöşimça 1 182 ta mahalla böyiça 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.
Şuningdek, ta’lim, soğliqni saqlaş, sport muassasalarini ta’mirlaş va moddiy texnika bazasini rivojlantiriş hamda boşqa yönalişlar böyiça har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz töplagan, lekin ğolib bölmagan loyihalar tahlili ötkazilib, 2024 yil uçun budjet sörovida ularni ta’mirlaş, jihozlaş va xarid qiliş xarajatlarini röyxatga kiritiş közda tutiladi.
Natijada, respublikadagi 164 ta maktab, 30 ta boğça va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlaş, jihozlaş va boşqa loyihalarda belgilangan işlarni amalga oşiriş uçun 304,6 mlrd. söm qöşimça mablağ ajratiladi.

















