Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev 5 aprel kuni O‘zbekistonga keladi
U Xiva shahrida ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi. Asosiy mavzular - o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish.
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 5 aprel kuni tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda mezbon davlat prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xiva shahrida o‘tadigan muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, transport va energetika sohalarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, gumanitar dasturlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladi.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
20:25 / 29.05.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi
21:18 / 19.05.2026