Joriy yilning 9 may kuni Jyeneva şahrida BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşining 30-sessiyasida Özbekistonning inson huquqlari böyiça xalqaro majburiyatlari bajarilişi böyiça milliy ma'ruzasi Universal davriy hisobot doirasida körib çiqildi. Bu haqida Kengaş saytida xabar berilgan.

Universal davriy hisoboti Işçi guruhi tomonidan 7-18 may kunlariga rejalaştirilgan sessiyasida Özbekiston bilan birgalikda 14 davlatning hisobotlari qabul qilinadi.

Bu Özbekistonning uçinçi milliy ma'ruzasidir. Özbekistonning birinçi va ikkinçi milliy ma'ruzalari 2008 yil dekabr va 2013 yil aprel oylarida tinglangan edi.

Hisobot quyidagi hujjatlarga asoslanadi:

1) milliy ma'ruza – körib çiqilayotgan Davlat tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar;

2) inson huquqlari böyiça mustaqil ekspertlar va taşkilotlar hisobotlaridagi ma'lumotlar (maxsus tartib deb ataladi), inson huquqlariga oid şartnomalarning ijrosiga mas'ul idoralar va boşqa BMT muassasalarining ma'lumotlari;

3) boşqa manfaatdor tomonlar, jumladan inson huquqlari böyiça milliy muassasalar, mintaqaviy taşkilotlar va fuqarolik jamiyati taşkilotlari tomonidan berilgan axborot.

Özbekiston delegatsiyasiga Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy markazi direktori, professor Akmal Saidov boşçilik qilmoqda. Şuningdek, keçagi eşituvda Adliya vaziri örinbosari Mahmud Istamov va Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov ham ma'ruza qilgan.

Universal davriy hisobot doirasida taqdim etiladigan Özbekiston Respublikasining uçinçi milliy ma'ruzasi matni bilan quyidagi havola orqali tanişiş mumkin. 

Özbekistonning milliy ma'ruzasi va uning muhokamasi internet orqali jonli efirga uzatildi hamda uşbu videoni quyidagi havola orqali köriş mumkin.