
Senatning öttiz yettinçi yalpi majlisida “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimça va özgartişlar kiritiş haqida”gi qonun muhokama qilindi.
Qonun bilan pedagoglarning kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan tadbirlarga noqonuniy jalb etiş, pedagog xodimlarni hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va masalalarni hal etiş uçun tuzilgan köplab işçi guruhlar tarkibiga asossiz kiritiş, ulardan turli hisobot va ma’lumotlar talab etiş kabi muammolarga yeçim topiş maqsad qilingan.

Qonunga muvofiq Jinoyat kodeksiga pedagog xodimlarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uçun ma’muriy jazo qöllanganidan keyin xuddi şunday qilmişni takroran sodir etganlik uçun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvçi norma kiritilmoqda. Unga köra ta’lim taşkilotining pedagog xodimini mehnatga ma’muriy tarzda qayta majburlaganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoxud uç yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanişi belgilanyapti.
Şuningdek, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda pedagog xodimlarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik, şuningdek, ularning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişi nazarda tutilmoqda.

Bundan taşqari, ta’lim taşkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvçilarning bilimini töğri va xolis baholaşiga ta’sir körsatiş yoki qonunga xilof ravişda aralaşiş, ta’lim taşkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qiliş uçun ham javobgarlik kuçaytirilmoqda. Bunda Kodeksdagi sanksiyalar fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravaridan ön beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa ön beş baravaridan yigirma baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça ma’muriy qamoqqa olişga sabab bölişi belgilanyapti.
















